INILCHIQ
INILCHIQ (Janubiy Inilchiq va Shimoliy Inilchiq) — Markaziy Tyanshan tog’laridagi vodiy muzliklari. Inilchiq daryosining yuqori oqimida. Janubiy Inilchiq yoki Inilchiq — Tyanshandagi eng yirik va uzunligi jihatidan (uzunligi 59,5 kilometr, maydoni 800 kilometr kvadrat) O’rta Osiyodagi (Fedchenko muzligidan keyin) ikkinchi tog’-vodiy muzligi. Shimoliy Inilchiq yoki Reznichenko muzligi (uzunligi 38,2 kilometr)ni Janubiy Inilchiqdan Xon- Tangri cho’qqisi ajratib turadi.