INKONEL

INKONEL — asosini nikel tashkil qilgan issiqbardosh qotishma. Tarkibi: 0,15% uglerod, 75-76% nikel, 12-15% xrom, 6-9% temir, 1% cha marganes, 0,5% cha kremniy, 0,5% cha mis. Qotishma 900° gacha temperatuada yuqori mustahkamlikka va zarbiy qovushoqlikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Inkoneldan yasalgan buyumlar yaxshi payvandlanadi. Inkonelga titan, molibden va alyuminiy qo’shib (jami 14% chamasida), yanada mustahkam qotishma olinadi. Inkonel kimyo va oziq-ovqat sanoati apparatlari, aviatsiya dvigatellari, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellarda ishlatiladi.