INSHOOTLAR DINAMIKASI
INSHOOTLAR DINAMIKASI, inshootlar tebranishlari nazariyasi — qurilish mexanikasi bo’li-mi. In- shootlarning tashqi dinamik kuchlar (titrash, zarba va b.) ta’siriga chidam- liligi, mustahkamligi va ustuvorli- gini hisoblash usullarini o’rganadi. Mashinalarning ishlashi, ko’chalardagi transport qatnovi, er qimirlashi, port- lash va b. inshootlarning tebranishiga sabab bo’ladi, mus-tahkamligi va ustu- vorligiga ta’sir qiladi. Inshootlarni loyihalashda bular hisobga olinadi. Inshootlarning mustahkamligi va ustu- vorligi masalalari statik va dinamik hisoblar xamda tegishli tadqiqotlar asosida hal qilinadi. Tadqiqot usullariga ko’ra, I. D. eksperimental va nazariy xillarga bo’linadi. Eksperiment al I. D. da in- shootlarning o’zi va modeli b-n tajri- balar o’tkazib, inshootlarga tushadigan dinamik nagruzkalar xamda materiallar va qurilmalarning xa-rakteristikalari o’rganiladi; inshootlarni hisoblash sxemalarining to’g’riligi va tebranish- larni kamaytirish usularining samara- dorligi tekshiriladi. Nazariy I. D. da ek-sperimental I. D. sinovlari nati- jalariga asoslanib, dinamik nagruzka ta’siri ostida inshootda vujudga kela- digan majburiy tebranishlar (sil-jish, ichki zo’riqish va kuchlanishlar) amplitu- dalarini, inshootlarning erkin (xusu- siy) tebranishlari chastotasi va shaklla- rini aniqlash usullari ishlab chiqiladi. Tebranishlarning hisobiy qiymatlari inshootlarning mustahkamlik va ustu- vorlik talablarida keltirilgan ruxsat etilgan qiymati b-n, shuningdek, ti- trashlarning inson salomatligiga zarar- li ta’siri haqidagi ogohlantirishlar b-n taq-qoslanadi. I. D. usuliga asosan ishlab chiqilgan dinamik hisoblashlar inshootlarning puxta va kup ga chidamli materiallarini tejashni ta’minlashga imkon beradi. O’zbekistonda I. D. ga oid i. t. ishla- ri O’zbekiston FA Mexanika va inshoot- larning seymik mustahkamligi intida, Toshkent arxitektura va qurilish intida olib boriladi. Mas, Mexanika va in- shootlarning seysmik mustah-kamligi intida inshootlarning mus-tahkamligi sun’iy zilzila ta’sirida tekshiri- lib, bu sohada muhim masalalar hal qilinadi. Dunyoda ilk bor er osti in- shootlar dinamikasi yaratildi va hayotga tadbiq qilindi. Tursun Rashidov.