INSON HUQUQLARI BO’YICHA MILLIY MARKAZ

INSON HUQUQLARI BO’YICHA MILLIY MARKAZ, O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo’yicha milliy marka-zi — O’zR Prezidentining farmoni (1996 y. 31 okt.) b-n tuzilgan markaz. Inson huquklari va erkinli- klarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashki- lotlar hamda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari b-n hamkorlikni kengay- tirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huqukutri bo’yicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini de-mokratiyalashni qo’llab- quvvatlash dasturiga muvofiq tashkil etilgan. Davlatga qarashli, taxlil, maslahat, idoralararo va muvofiklash- tirish organi hisoblanadi. Asosiy va- zifalari: inson huquqlari bo’yicha mil- liy harakat rejasini ishlab chiqish; shu soxaga oid milliy ma’ruzalar tayyorlash; tegishli o’quv-uslubiy adabiyotlar nashr etish, tadqiqotlar o’tkazish. Markaz huzuridagi jamoatchi- lik b-n aloqalar bo’limi va bolalar qabulxonasida bepul yuridik maslahatlar beriladi. Inson huquqlarini buzish hollari yuzasidan fuqarolarning ariza va shikoyatlari ko’rib chiqilib, hal eti- ladi. Markaz BMT maxsus bo’linma va tashkilotlari, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) demok- ratik muassasalar va inson hukuklari bo’yicha byurosi, AQSh, Angliya, Fran- tsiya, Italiya, Hindiston kabi davlat- larning elchixonalari, Amerika yuri- stlar assosiasiyam, K. Adenauer fon-Di, Soros fondi, F. Ebert fondi va sh. k. jamg’armalar b-n yaqin hamkorlikda FA- oliyat yuritadi. BMT taraqqiyot dasturi (PROON) b-n birga ta’sis etilgan «De- mokratlashtirish va inson huquqlari» ilmiy-ommabop jur. o’zbek, ingliz va rus tillarida chop etiladi. Markaz huzurida inson huquqlari bo’yicha ommaviy kutub- xona tashkil etilgan.