Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari – in- songa bekamu ko’st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, ma- Daniy, siyosiy sohalarda o’z imkoniyat va talablarining amalga oshirilishi- ni ta’minlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish O’zbekiston Respublikasi Konstitusi- yaviy tuzumining asosidir. O’zR Kon- stitusiyasida qayd etilgan huquq va er- kinliklar: qonunlarning mazmuni va qo’llanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevo- Sita ta’sir ko’rsatadi; O’zbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijti- moiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasli- gini, sud yo’li b-n himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitusiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengli- giga asoslangan holda, o’zgalarning huqukdariga hurmat b-n qarash tamoyil- larini, o’zgalarning qonuniy manfaat- larini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga o’z huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishga yo’l qo’yilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni ta’minlashga qaratilgan. O’zRda I. va f. h. va e. amalga oshirilishiga davlat ka- folat beradi. O’z navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tu- tsiyada ta’kidlangan huquq va erkinli- klarga, xalqaro huquq me’yorlariga rioya etishi zarur. Umum e’tirof qilgan maz- kur xalqaro me’yoriy manbalar birlash- gan Millatlar Tashkilotining inson huquklari umumjahon deklarasi-yasi, Bola huquklari to’g’risida Konventsiya va O’zR qo’shilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.