INTELLEKT
INTELLEKT (lotincha intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va o’zgartirish, fikrlash, o’qish-o’rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni oldindan ko’ra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, so’zlash va hokazo psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tugma iste’dod, miya imkoniyatlari, jo’shqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bog’liq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi.