Intellektuallik koeffitsienti

Intellektuallik koeffitsienti (ing. intellectual quotent, qisq- artma nomi IQ) — odamning turli test uslublari asosida aniqlanadigan aqliy rivojlanish ko’rsatkichi, bilim saviyasi. Test tizimlari yordamida bolalarning aqliy saviyasini miqdoriy ko’rsatkichlar orqali aniqlash g’oyasini birinchi Mar- ta frantsuz psixologi A. Bine ishlab chikdan (1903). Bunda har bir odam yoshi uchun u erishgan bilim va mahorat dara- jasi 100 ga teng deb olingan. Mazkur ko’rsatkichdan ortiq yoki kam miqdor aqlning biron-bir daraja rivojlani- shi kamoloti yoxud orqada qolishi haqida hukm chiqarish imkonini bergan. AQSh va b. mamlakatlarda I. k. yordamida armiyaga yoshlarni saralab olish, o’quvchilar bili- mini baholash kabilar rasm bo’lgan.