INTERPOLYATSIYA

INTERPOLYATSIYA (lotincha inter – orasida va polio — tekislayman) — 1) matematikada — bir necha nuqtada berilgan funktsiya qiymatlaridan shu nuqtalar orasidagi nuqtalarda funktsiyaning taqribiy qiymatini topish. Interpolyatsiyadan farqli ravishda ekstrapolyatsiya da funktsiyaning taqribiy qiymati berilgan nuqtalardan tashqaridagi nuqtalarda topiladi; 2) statistikada — voqealar qatoriningoraliq hadlari taxminan qiymatlarini matematik usulda hisoblab topish; qatorning noma’lum qiymatlarini topish. Qatorning noma’lum qiymatlari qatorning ma’lum hadlari orqali hisoblab topiladi yoki miqdori aniq bo’lgan boshqa hadlar bilan o’zaro bog’liqligi asosida aniqlanadi.