Intonasiya
Intonasiya (lot. Intono — baland ?talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiy- musiqiy tomoni; tovushning navbat- manavbat ko’tarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik ma’nolari (darak, so’roq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan ob’ektga bo’lgan so’zlovchining munosabati, hissiyoti so’zdagi I.da namo- yon bo’ladi. Yozuvda I. qisman tinish bel- gilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham ma’lum rol o’ynaydi. I.ni nutq unsuri sifatida o’rganish 19-a. oxirlaridan boshlangan. Hoz. I.ning ran turlarini o’zaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis b-n o’zaro munosaba- ti va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn I.si va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda (yana q. Gap).