INVERSIYA
INVERSIYA (lotincha unversio — o’rnini almashtirish) (tilshunoslikda) — ran bo’laklari odatdagi tartibining o’zgarishi. Tilda Inversiya ikki xil vazifa bajaradi: semantik va asemantik. Inversiyaning semantik vazifasi gapning biror bo’lagini alohida ta’kidlash yo’li bilan nutqqa emosional-ekspressiv ruh baxsh etishda (masalan, bu chol shu ahvolda qayoqqa boradi? — Shu ahvolda qayoqqa boradi bu chol?!), asemantik vazifasi esa suroq ran (ayniqsa, roman va german tillarida), she’riyatda kompozitsiya, ritm, vazn, qofiya hosil qilishda namoyon bo’ladi (masalan, ketdimi u?; ilk bor rozilik so’rashim mening). Inversiya, faqat uslubiy emas, balki sintaktik-uslubiy (sintaktikpoetik) hodisadir. U jonli so’zlashuv tilida, badiiy adabiyotda, ayniqsa, she’riyatda ko’p uchraydi.