INVERSIYA

INVERSIYA (biologiyada) — xromosomalarning qayta qurilishi (mutatsiya) tiplaridan biri; xromosomaning ikki nuktasidan birdaniga uzilishi va uning segmentining ichki tomonga 180° ga burilishi (invertasiya) tufayli kelib chiqadi. Agar invertirlangan qism tsentromerani (birlamchi siqiqlik) o’z ichiga olmasa, paratsentrik Inversiya, invertirlangan qism tsentromerani o’z ichiga olsa, peresentrik Inversiya deyiladi. Inversiya gomologik (bir juftlikka kiruvchi) xromosomalar o’rtasida sodir bo’ladigan krossingover (o’xshash qismlarning o’zaro almashinubi)ni qiyinlashtirishi tufayli genlar rekombinasiyasi sonini kamaytiradi. Inversiya turlar evolyutsiyasida ahamiyatga ega.