Invertor
Invertor (lot. inverto — ag’daraman, o’zgartiraman) — 1) elektro – texnikada — o’zgarmas elektr tokini bir yoki ko’p fazali o’zgaruvchan tokka o’zgartiruvchi boshqariladigan elektr ventilli qurilma. Bog’lik, (mustaqil- mas) va mustaqil xillari bor. Bog’liq I.da tok chastotasi elektr tarmog’ining tok chastotasi b-n aniqlanadi; musta-qil I.da tok chastotasi I. b-n nagruzkaning elektr zanjirlarini boshqarish rejim- lari va parametrlariga boglis buladi (rasm). I. yuqori voltli o’zgarmas tok elektr uzatish liniyalarida, induktsion pechlarda, elektr b-n tortish qurilmalari va b.da qo’llaniladi; 2)radiotexnikada — radioqurilma kirishidagi elektr Signa- lining amplitudasi, qutbliligi va FA- zasi chiqishidagi shu parametrlarga ka- raganda teskari o’zgaradigan elektr zan- Jiri yoki elektron qurilma; 3) qisoblash texnikasida — elementar mantiqiy operasiya — «yo’q»ni aniqlaydigan elek- tron qurilma. Potentsial va impulsli xillari bor. Potentsial I. qurilma ki- rishida kuchlanish sathi yuqori bo’lganda chiqishida past bo’lishini ta’minlaydi va aksincha. Impulsli I. impulsli signallarni o’zgartirib beradi. Analog hisoblash mashinalarida I. kirish sig- nali qutbliligini teskari qutblikka o’zgartirib beradi.