Ion emissiya

Ion emissiya — qattiq jism (emitter) ni qizdirganda, yoritilgan- da yoki elektron va ion b-n bombardi- mon qilganda, ular sirtidan manfiy va musbat ionlarning otilib chiqishi. Ionning emitterdan chiqishi uchun ion etarli darajada kinetik energiyaga ega bo’lishi kerak. Bu energiya miqdori emit- ter xususiyatlariga va tashqi sharoitga bog’liq. Ion kinetik energiya-sining o’zgartirilishiga qarab, I. e. termoin emissiya, ion-ion emissiya, elektron- ion emissiya, fotodesorbtsiya turlarga bo’linadi. Termoion emissiyada jism qizdirilib ion energiyasi o’zgartiriladi va natijada emitter sirtidan ionlar chiqadi. Ma’lum vaqtda emitter sirti- dan chiqayotgan ionlar nj ning shu sirt- dan ajralayotgan neytral zarralar P0 ga nisbati termoion emissiyaning miqdor xarakteristikasi hisoblanadi. Agar emitter kuchli elektr maydoni (E—10° V/sm) da bo’lsa, emitterdan ionlarning chiqishi past tralar (T < 20°) da bo’lishi mumkin (avtoion emissiya). Termoion emissiya, ayniqsa, ion manbalaridan ion oqimini olishda, shuningdek, fizik ki- myoviy tadqiqotlarda radikal, molekula va atomlarning ionlash potentsialini, ion va neytral zarralar desorbtsiyasini va b. ni aniqlashda muhimdir. Emitter- nishon sirtiga ion dastasi (birlam- chi zarralar) yo’naltirilganda ion-ion emissiya sodir bo’ladi. Bunda ni-shondan ionlar va elektr neytral zarralar (ik- kilamchi zarralar) otilib chiqadi. Ikki- lamchi zarralar oqimi P2 ning birlamchi zarralar oqimi ya, ga nisbati ion-ion emissiya koeffisienta deyiladi. Bu kattalik nishon Xu-susiyatiga, birlam- chi ionlar turiga, energiyasiga va h. k. ga bog’liq. Ion-ion emissiya adsorb- tsiya, kataliz jarayonlarini o’rganishda, sirtning xossalarini aniqlash (q. Ion mikroskop) va b. da qo’llaniladi. Emitterga elek-tronlar urilishidan ionlarning otilib chiqishi tufayli elektron-ion emissiya sodir bo’ladi. Bun-Day jarayon emitterga adsorbtsiya- langan zarralarni o’rganishda muhimdir. Fotodesorbtsiya emitter yorug’lik ta’si- rida ionlashib, undan ionlar ajralib chiqadi. Mac, quvvati 108 -109 Vt/sm2 bo’lgan lazer nuri emitterga tushganida intensiv fotodesorbtsiya kuzatiladi. I. e. qattiqjismlarning xossalari va tar- kibini tekshirish uchun kerak bo’ladigan turli asboblarda foydalaniladi. Dilshod Nazirov.