Ionlanish

Ionlanish — muhit elektr ney- tral zarralarining zaryadlangan zarra- larga aylanishi; neytral zaryadli atom- lar va molekulalardan musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlarning Vu- judga kelishi; 1) gaz va suyuqliklarning I. i — qo’zg’almagan holatdagi neytral atom (molekula)ning ikki va undan ortiq zaryadlangan zarralarga ajralish ja- rayoni. Ularning I. i uchun ma’lum I. energiyasi sarflanadi. Atom (molekula) dan bir elektronni ajratib, musbat ion hosil qilishga sarflangan energiya mik- dor jihatdan I. po-tentsialga teng. Za- ryadlangan zarralar (elektron, ion) zarbi b-n atom va molekulalarni ionlash zar- ba I. deyiladi. Zarba I. ehtimolligi, asosan, ionlanuvchi gaz (yoki suyuqlik) ga, ionlovchi zarralarning energiyasiga, tarkibiga, zichligiga bog’liq. Bunday I., ko’pincha, mass-spektrometrlar va atom- lar to’qnashishini o’rganishda ishlati- ladigan asboblarda kuzatiladi. Modda- larda kuzatiladigan I. fakatgina tashqi ionlovchi zarralarning ta’sirlashuvi natijasida bo’lmasligi ham mumkin. Agar modda atom (molekula) larining is- siklik xarakati energiyasi etarli bulsa, ular uzaro to’qnashishlari natijasida bir-birini ionlantirishi mumkin. Bu termik I. deyiladi. Termik I. inten- sivligi 103-104 K trali moddalarda yuqori bo’ladi (mas, ey razryadi yoki yonish jarayoni, kuyoshdagi jarayonlar va h. k.). Moddalarning I. i fotonlar (erug’lik) ta’sirida yuz bersa, bu jarayon fotoion- lanish deyiladi. Bunday I. xarakteri pog’onali bo’ladi, ya’ni zarra bir yorug’lik fotonni yutib, qo’zg’atilgan holatga o’tadi, ke-yin esa yana keyingi foton b-n ta’sirlashishi tufayli I. i mum- kin. Fotoionlanish jarayoni ko’pgina hodisalarda muhim ahamiyatga ega, mas, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi I. (q. Ionosfera) va h. k. Ionlangan gaz yoki suyuqliklar elektr utkazuvchan bo’lib qoladi, ularning bunday xususiyatidan muhitning I. da-rajasini o’lchash, ya’ni neytral zarralarning zaryadlangan zarra- lar soniga nisbatini aniqlash mumkin; 2) elektrolitlarning I. i — erigan mod- dalarning erituvchi molekulalari b-n o’zaro ta’sirlashuvi natijasida mole- kulalarining ionlarga bo’linish jara- yoni (q. Dissosiasiya) ; 3) qat-tiq jism- larning I. i — qattiq jism atomlari- ning ionlarga aylanish jarayoni. Bunda elektronlar kri-stalldagi valentlik zonasidan elektr utkazuvchanlik zonasi- ga o’tadi. Kat-tiqjismdagi I. energiyasi Ichaxm. ta-qikdangan zona kengligi ener- giyasi Eg ga teng bo’ladi (q. Qattiq jism fizi-kasi). Qattiq jismlardan zaryad- langan (yoki neytral) zarralar (elektron, proton, neytron va h. k.) oqimi o’tganda yoki elektromagnit tebranishlar ta’si- rida I. sodir bo’ladi. Abdurauf Jo’raxonov.