IP O’RASH MASHINASI
IP O’RASH MASHINASI – to’qimachilikda kalava ip, ipak, sun’iy iplar va b. iplarni g’altak yoki bobina- larga qayta o’raydigan mashina. Mac, ka- LAVA ipni qayta o’raydigan mashinalar arqoqni qayta o’rash va tandani qayta o’rash mashinalariga bo’linadi. Ular o’z navbatida ipni parallel o’raydigan va ayqash o’raydigan xillarga ajraladi. Iplar parallel o’ralganda ikki fla- nes (chetki devor)li g’altak ishlatila- Di. Iplarni ayqash (xochsimon) qilib o’rashda devorsiz bobinadan foydala- niladi. Ipni bobinaga o’rashda yigi- rish mashinalaridan olingan naychalar / qo’zg’almas shpilkalarga kiygizila- Di, naychalardan bo’shalib chiqayotgan ip kronshteyn 2 ga o’rnatilgan taranglagich 3 dan o’tadi. Ip o’rash barabanchasi 4 ning vintsimon o’yig’i bo’ylab o’tib, aylanib turuvchi bobina 5 ga o’raladi. Bobinadan ip, dastlab, konussimon qog’oz patron 6 ga o’raladi. Bu patronlar tutgich 9 ga o’rnatilgan o’q 8 dagi urchuq 7 ga kiygi- ziladi. Arqoq ipi o’ralgan ka-lavalar to’quv stanogining mokisiga to’g’ri kel- masa yoki ip yaxshi o’ralmagan bo’lsa, I. o’. m. yoki avtomatlarda mokiga to’g’ri ke- ladigan naychalarga qayta o’raladi. Tay- yorlangan tanda (o’rish) va arqoq iplari to’qish tsexiga beriladi.