«IPAK»
«IPAK» — ilmiy-texnika jurnali. 3 oyda bir marta chiqadi. 1958-91 yillarda «Ipak» («Shyolk») nomlarida o’zbek va rus tillarida nashr qilingan. 1996 yildan O’zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnika axboroti fondi tomonidan hozirgi nomda nashr qilinadi. Jurnalda iqtisodiyot va bozor mexanizmi, xo’jalik yuritishning yangi shakllari, tutchilik, ipakchilik, pillani qayta ishlash va ipak mato va buyumlar ishlab chiqarish, to’qimachilik va yengil sanoat masalalari yoritiladi. Shuningdek, jurnalda agrosanoat yangiliklari, muhim sanalar, voqealar, tarix va hozirgi kun ruknlari bor. Adadi 100 nusxa (2002). Bosh muxarriri texnika fanlari doktori, professor H. A. Alimova.