Ipak qurti boqish
Ipak qurti boqish – tabiiy ipak i. ch. yoki ipak kurti tuxumi olish maqsadida ipak qurtini oziqlantirib, parvarish qilish. I. q. b. 25-27 kun davom etadi va 3 davrga bo’linadi: bi-rinchi davri — 1-, 2 – va 3-yoshdagi qurtlarni boqish; ikkinchi davri — 4-yoshdagi qurtlarni boqish; uchinchi dav- ri — 5-yoshdagi qurtlarni boqish. I. q. b. pechka, ventilyator o’rnatilib, 4% li formalin eritmasi b-n zararsizlanti- rilgan qurtxonalarda yoki maxsus yorug’ binolarda amalga oshiriladi, ipakchilik asbob-uskunalari ham zararsizlantiri- ladi, so’ngra qurtxonalarga o’rnatiladi. Ipak qurti tuxumini maxsus bino — inkubatoriyada jonlantiriladi (q. Ipak kurti tuxumi inkubasiyasi). Jonlangan qurtlar qurtxonalardagi so’kchaklarga joylanadi. 1-2 yoshlarida kurtlarga tut daraxti bargi 5-7 mm kenglikda mayda qilib qirqib beriladi. 1 – va 2-yoshdagi qurtlarga sutka da-vomida 8-10 marta barg beriladi. 3 yoshida butun barg, 4-5 yoshlarida bargli bir yillik novdalar beriladi. Kurtlarga har kuni 1-3 yoshla- rida 10-12 marta (jumladan 2-4 Mar- ta kechasi), 4 yoshida 6-8 marta, 5 yoshida 4-6 marta barg solinadi. Qurtlar hayoti davomida 4 marta uxlaydi (pust tash- laydi) va 5 yoshga kiradi. Kurtlarning hammasi uy-kuga kirgach, ularga barg be- rilmaydi. Kichik yoshlarda uyqu 12-16 soat, kat- ta yoshlarida esa bir sutkaga yaqin davom etadi. Bir kuti qurtlar o’z hayoti davomi- da o’rta hisobda 1000-1200 kg barg iste’-mol qiladi. Qurtlar berilgan barglarning hammasini eb ulgurmay- Di. So’kchaklarda ko’plab novda, eyilmay qolgan barg krldikdari, ekskrementlar (axlati) to’planadi. Bu chiqindilar o’z vaqtida olib tashlanmasa, qurtxonalarda kasalliklar tarqalishi mumkin. Shu- ning uchun so’kchaklarda barg qoldikdari 2-3 yoshlarida 1 marta, 4— 5 yoshlari- da 2-3 marta tozalanadi. Qurtlarni quyidagi haroratda boqish tav-siya etil- gan: 1-, 2 – va 3-yoshlarda 26— 27°, 4-yoshda 25-26°; 5-yoshda 24-25°; pilla o’rash davrida 25°. Qurtlar bir me’yorda o’sishi va rivojlanishi uchun bir quti qurt uchun 1-3 yoshdagi kurtlarga 12-15 m2, 4 yoshdagiga 25-30 m2, 5 yoshdagiga 60-70 m2 joy bo’lishi ke-rak. Ipak qurti pilla o’rashdan oldin har bir quti qurtlarga 250-350 dona tabiiy o’tlar yoki poxol- dan yasalgan dastalar qo’yiladi; qurtxona xarorati 25-26°, namligi 65-75% bo’lishi ke-rak. Qurtxonalarni shamol- latib turish zarur. Qurtlar 3-4 kun- da pilla o’rab bo’lgach, 7-8 kundan so’ng pillalar das-talardan terib olinadi va pilla quri-tish-tayyorlash punktiga topshiriladi. Klara Solihova, Homidiy Homid ibn soqiy.