IPAK QURTI KASALLIKLARI

IPAK QURTI KASALLIKLARI – ipak qurtlarida uchraydigan ka- salliklar. Tut ipak qurtlarida, asosan, quyidagi kasalliklar uchraydi: sariq (virus) kasalligi ipak qurti, kapala- gi hamda g’umbaklarida uchraydi. Virus, asosan, qurt terisidagi jaro- hat orqali yuqadi. Kasallangan qurt sarg’ayib, har tarafga o’rmalay boshlay- Di, ko’pincha, so’kchakdan tushib ketadi. Qurt tanasining bo’g’im orasi shishib, 1-2 kunda nobud bo’ladi. Pebrina ka- salligi (nozematoz)ni sodda parazit — nozema qo’zg’atadi. Qurt parazit spo- ralarini barg b-n eb yuborishi natija- sida kasallanadi. Kasallangan qurt ta- nasida mayda qora dog’lar paydo bo’lib, o’sishdan to’xtaydi va nobud bo’ladi. Bu kasallik nasldan naslga o’tadi. Jon- sizlanish kasalligi ko’pincha, oxirgi 3 yoshdagi qurtlarda kuzatiladi. Bunda qurt ichagida har xil bakteriyalar ichak epiteliysini emirib, qonga o’tadi va zaxarlaydi. Qurtlar ichi ketib, oza- Di, pilla ichida g’um-Bakka aylanmay, chiriydi, bunday pillalar qorapachoq deyiladi. Kon chirish kasalligi da bak- teriya qurt terisining jarohatlangan joyidan kirib, qonga o’tadi. Kurt ku- sib, barg emay qo’yadi, tanasi qorayadi, harakatdan to’xtaydi. Liqqoqlik surun- kali kasallik. Ipak qurti yoki asalari streptokokklari qurtning o’rta ichagini zararlab kasallantiradi. Kurt bargni kam eydi, ichi ketadi, terisi burishib, qo’ng’ir tusga kiradi. Bunday qurtlar kech pilla o’raydi, pillasi juda yupqa va mayda bo’ladi. O’lgan qurtlar buri- shib qoladi. Muskardina kasalligi da parazit zamburug’lar sporasi ipak qurti tanasiga tushib, terisini teshadi va iplari (gifalari) qurtning hamma or- ganiga o’sib kiradi. Qurt bo’shashadi, barg emaydi, qarakatlanmaydi, tanasida kora dog’lar paydo bo’lib, nobud bo’ladi, so’ng miseliylar tanani teshib, sirtga chiqadi, qurt toshdek qotib qoladi. Shu sababli bu kasallik «tosh kasalligi» deb xam ataladi. Kurash choralari: qurt boqish sa- nitariya qoidalariga rioya qilinadi, qurtxona formalin va xloramin b-n de- zinfektsiyalanadi. Ad.: G’anieva M.R., Tut ipak qurti kasalliklari va zararkunan- dalari, T., 1963.