IPAK YIGIRISH VA PISHITISH
IPAK YIGIRISH VA PISHITISH — ipakni yigirish — ipak o’rash, shoyi to’qishda ajraladigan chi- qindilardan yigirish mashinasida ipak olish. Chiqindilarni yigirishga tayyor- lash uchun u saralanadi, changdan tozala- nadi, yuviladi va qaynatib qu-ritiladi. Tayyorlangan xom ashyo titiladi, shtapel- lanadi, tarash mashinasidan 3-4 marta o’taziladi va pilta taxlash mashinasida xolst (tolalar tu-tami)ga aylantirila- Di. Pilta mashinasida xolstdan pilta tayyorlanadi. Pilta pilik mashinasida pilikka aylantiriladi. Yigirish ma- shinasida piliklarni qo’shib, cho’zib in- gichkalanadi, pishitiladi va naychalarga o’raladi. Ipak yigirish mashinasi paxta va jun yigirish mashinasidan, asosan, cho’zish mexanizmi b-n farq qiladi. Yi- girilgan ipaklar juftlanib va pishiti- lib (juftlash va pishitish mashinalari- da), keyin ularga pardoz beriladi. Ipakni pishitish — xom ipak yoki kam pishitilgan kimyoviy ipakdan pishiq, tekis, zich va silliq ipak olish jarayoni. Bir necha xom ipak to-lasini qo’shib, pishitish mashinasida pishiti- ladi (buraladi). Pishitilish darajasi (1 m uzunlikka to’g’ri keladigan buramlar soni) ipakning nomeriga va xom ipak to- lasining qo’shib pi-shitilishiga bog’liq. Ipak asosan quruq holda, maxsus mashi- nalarda pishitiladi. Halqali va 2-4 yarusli ipak pishitish mashinalari bor. Ipak pishitish mashinasining urchug’i va yugurdagining aylanishi natijasida ipak buralib pishiydi. Urchuq va yugur- DAK o’z o’qi atrofida bir marta aylangan- da ipak ham bir marta buraladi. Yugur- DAK urchuqdan sekinroq aylanganligi tu- fayli ipak g’altakka o’raladi. Pishitil- gan ipakning burami ochilib ket-masligi uchun unga issiklik yoki bug’b-n vakuumda ishlov beriladi. Yigirilgan va pishi- tilgan ipak pardozlanadi (oxorlanadi).