IPOTEKA
IPOTEKA (Yunoncha hypotheke — garov) — ko’chmas mulk (yer yoki bino)ni ssuda olish maqsadida garovga qo’yish. Bunda garovga qo’yilayotgan mulk qarz beruvchining qo’liga o’tmay, qarzdor ixtiyorida qoladi. O’zbekistonda Ipotekaga xizmat ko’rsatadigan maxsus bank bor.