Iprit
Iprit, (Z, r’-dixlordietilsulfid, S(CH2CH2C1)2 — zaharlovchi modda. Rangsiz, moysimon sarimsoq piyoz yoki xantal hidi keladigan suyuklik. Mol. m. 159,08. Suyuqlanish t-rasi 14,5°; kaynash t-rasi 217° (ajralish b-n); zichligi 1,274 g/sm3, 20° da uchuvchanligi 0,6 mg/l. Suvda yomon (20° da 0,08%) eriydi. I. nafas a’- zolari, teri va me’da-ichak orkali turli holatda (bug’, aerozol, tomchi) organizm- ni kuchli zaharlaydi. Suv ta’sirida se- kin gidrolizlanadi. Suvsiz muhitlarda tio-sulfatlar, karbon kislotalar- ning tuzlari, alkogolyatlar, ishqoriy me-tallarning fenolyatlari b-n reak- tsiyaga kirishadi. Kuchli oksidlovchilar (ishqoriy va ishqoriy-er metallarning gipoxloritlari) I. molekulalarini de- struktsiyalaydi (parchalaydi). Reaktsiya mahsulotlari zaharli emas. Shu sababli bu reaktsiyalardan I.ni zararsizlanti- rishda foydalaniladi. Ilk bor I.ni zaharlovchi modda sifatida 1917 y.da Germaniya Belgiyaning Ipr (nomi shun- dan olingan) sh. yaqinida qo’llagan. I.dan saqlanish uchun protivogaz va tanani himoya qiladigan vositalardan foydala- niladi.