IRAKLION

IRAKLION, Geraklion — Gretsiyadagi shahar va port, Krit orolining shimol sohilida. Iraklion nomi (viloyati) ning ma’muriy markazi. Aholisi 117 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Xalqaro aeroport bor. Kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Irakliondan 4 kilometr Janubda qadimiy Knos shahrining xarobalari sakdangan. Arxeologiya muzeyi (Egey san’atining noyob namunalari), harbiy dengiz bazasi bor. Turizm rivojlangan.