IRLANDIYA QO’ZG’OLONI

IRLANDIYA QO’ZG’OLONI – Angliya hukmronligiga qarshi ko’tarilgan milliy ozodlik qo’zg’oloni (1916, 24— 30 aprel). Unga Irlandiyaga muxtoriyat huquqi berish haqida 1914 yil qabul qilingan hujjatning amalga oshirilmay kelishidan xalq ommasining noroziligi sabab bo’ldi. Harakatga J. Konnoli boshchiligidagi Irlandiya fuqarolar armiyasi rahbarlik qildi. Qo’zg’olonchilar Dublin maydonida Irlandiyani Respublika deb e’lon qildi, vaqtli hukumat tuzildi. Dublindan so’ng qo’zg’olon Enniskorti va Atenray kabi kupgina shaharlarga tarqaldi. 6 kun davom etgan jangdan so’ng ingliz qo’shinlari tomoni- dan qo’zg’olon shafqatsizlik bilan bostirildi. Qo’zg’olonning boshliqlari otib tashlandi, oddiy ishtirokchilari quvg’in qilindi.