IRLIR TOG’I
IRLIR TOG’I — Markaziy qizilqumdagi Bo’kantovning tarkibiga kiruvchi Bo’zdo’ngtovning eng baland joyi (764 metr). Paleozoy erasining marmarlashgan ohaktoshlaridan tarkib topgan. Shimol yon bag’ri tikroq, Janub esa nisbatan yotiq. Tik ko’tarilgan qoyalar o’tkir qirrali, nuragan jins parchalari tog’etagini qoplab yotadi. Tog’yon bag’irlari quruq soylar bilan o’yilgan. Karst hodisasi rivojlangan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik yog’in 200 millimetrga yaqin. Irlir yetaklarida chuchuk suvli bulokdar bor. Bo’z qo’ng’ir tuproqlarda siyrak chala butalar, yon bag’irlarida esa shuvoq, oq jusan, boyalich o’sadi. Yaylov chorvachiligida foydalaniladi.