IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI

IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARIYASI — irsiy omillarning xujayra xromosomalarida joylashishi haqidagi ta’limot. Bu ta’limotga ko’ra, organizm belgi va xususiyatlarining nasldan naslga o’tishi xromosomalar b-n bog’liq. I. x. n. ni dastlab nemis tsitolog olimi T. Boveri (1902-07) va Amerika- lik olim u. Setton (1902-03) asoslab bergan. Keyinchalik 20-a. boshlarida bu nazariya amerikalik genetik T. X. Morgan va uning xodimlari tomonidan bataf- sil ishlab chiqilgan. Hayvonlar jin- sini aniqlashning genetik mexanizmini o’rganish orqali jinsning jinsiy xro- mosomalarning naslda taqsimlanishi b-n bog’liqligining aniqlanishi I. x. n. ni isbotladi. Amerika genetigi K. Bri- jes (1913) tomonidan urg’ochi drofozila- da meyoz jarayonida xromosomalarning ajralib ketmasligining kashf etilishi va jinsiy xromosomalar taqsimlani- shining buzilishi birikkan irsiy bel- gilarning o’zgarishi b-n bog’liqligining aniqlanishi I. x. n. ni uzil-kesil tas- dikladi. I. x. n. rivojlana borishi tufayli bitta xromosomada joylashgan genlar bitta birikish guruhini hosil qilishi va birgalikda irsiylanishi; birikish guruxlari soni har qaysi tur uchun do- imiy bo’lib, xromosomalarning gaploid soniga teng bo’lishi; genlarning biri- kishi b-n bog’liqbelgilar xam birga- likda irsiylanishi aniqlandi. Mitoz jarayonida xromosomalarning Chalka- shuvi (krossingo-ver) genetik materi- alning xromosomalar o’rtasida qayta taqsimlani-shiga (q. Rekombinasiya), bi- nobarin belgilarning birikkan holda irsiylanishining buzilishiga olib ke- lishi mumkin. T. Morgan va b. genetic olimlarning drozofilada genlarning birikishi va krossingoverni bataf-sil o’rganishi xromosomalarning genetik xa- ritasini tuzib chikish uchun asos bo’ldi. Keyinchalik genlarning murakkab tuzil- ganligi va belgilarning irsiylanishida nuklein kislotalarttt ahamiyati ochib beriladi. Genlar joylashishi effekti (gen- larning namoyon bo’lishi ularning xro- mosomalarda joylashishiga boglikligi) ning kashf etilishi genetik material diskretli va izchilligining umumiyli- gi to’g’risidagi genetikaning eng muhim printsiplaridan birining shakllanishi- ga imkon beradi.