Isfara
Isfara (yuqori oqimida Oqsuv, o’rta oqimida Karavshan) — qir- g’iziston, Tojikiston va O’zbekiston respublikalaridagi Daryo. Turkiston tizmasining shim. yon bag’ridagi Oqsuv muzligidan boshlanadi. Kishmishsoy b-n qo’shilgach, I. nomini oladi. I.ning muz- liklardan boshlanadigan 60 ga yaqin may- da irmog’i bor. Konibodom sh.dan 7-8 km Jan.Sharqda Farg’ona vodiy-sining tekislik qismiga chiqadi. Uz. 107 km, havzasining mayd. 3240 km2, o’rtacha bal. 2260 m. I. xavzasida umumiy mayd. 169,6 km2 bo’lgan 210 ta muzlik bor, ularning eng kattalari Oqsuv (mayd. 17,4 km2) va Jiltiq (mayd. 21,4 km2) muzliklaridir. I., asosan, muzlik va krr suvlaridan to’yinadi. I. o’rtacha yillik suv sarfi Toshqo’rg’on yaqinida 14,5 m3/sek. Eng kat- ta suv sarfi 150 m3/sek. (1973 y. 5 avg.), eng kichik suv sarfi 0,050 m3/sek. (1975 y. 28 mart). Tulinsuv davri (may—sent.) da yillik oqimining 80-85% oqib o’tadi. Iyul oyida o’rtacha oylik suv sar- Fi 43,6 m3/sek.ga etadi. Mart—apr. oy- larida o’rtacha oylik sarfi 3,5—4,0 m3/ sek. gacha kamayadi. I. Farg’ona vodiysiga yiliga o’rtacha 290 ming t loyqa keltira- Di. I. suvining hammasi sug’orishga sarf bo’lganligi uchun Sirdaryoga etib bormay- Di. I. bo’yida Qirg’izistonning Jiltiq, Tamingen ovullari, to-jikistonning Isfara sh., Toshqo’rg’on, Surx, Xonobod, Neftobod, Rabot qishloqlari joylash- gan.