Isfara

Isfara — Tojikiston Respubli- ka-sining Sug’d viloyatidagi shahar (1952 y.dan). Isfara daryosi bo’yida, Turki- ston tizmasi yon bagrida. Konibodom — Sho’rob yo’nalishidagi t. y. stantsiyasi. Aholisi 35,5 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Gidrometallur- giya, yorug’lik texnikasi jihozlari, mi- neral bo’yoklar z-dlari, meva, go’sht kon- servasi, qurilish materiallari k-tlari, tarix-o’lkashunoslik muzeyi bor. I. 16-a.dan ma’lum. I. yaqinida Abdullaxon masjidnamozgoqi (16-a.), Qal’ai-Bolo o’rta asr qal’asining qoldiqlari, Chor- ku qishlog’ida Hazrati bobo maqbarasi (10-12-a.lar) saklangan. 10-a. manba- larida faqat Isfara viloyati haqida ma’lumotlar uchraydi. 9-10-a.larda is- taxrip shu viloyatdagi konlardan ko’mir qazib olinganligi va taxm. 180 kg ko’mir bir dirhamligini yozgan. Bobur davrida esa (16-a.) I. Farg’ona vodiysidagi 8 ta yirik shaharning biri sifatida qayd etilgan.