ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI

ISHLAB CHIQARISH VOSITALARI BOZORI — i.ch. uchun zarur bo’lgan barcha turdagi mehnat qurollari, xom ashyo, yoqilg’i, materiallar oldi-sotdi qilinadigan bozor. Unga tovar birja- si, savdo uylari, savdo-vositachilik firmalari, tijorat kompaniyalari va markazlari, lizing kompaniyalari, auk- tsionlar, yarmarkalar, davlat zaxirala- ri va sug’urta fondlari, standartlar va narxlar bo’yicha davlat inspektsiyalari, monopoliyadan chiqarish qo’mitalari va b. kiradi. Bozor muno-sabatlari i.ch. vo- sitalarini barcha is-te’molchi korxona- larga, korxona sohiblariga va aholiga erkin narxlarda sotish imkoniyatlarini yaratishni takogo etadi. Bu esa, o’z navba- tida, zamonaviy asbob-uskunalar, texni- ka vositalarini i.ch., ularning sifatini yaxshilash hamda sotish infratuzilmasi (axborot, reklama, marketing xizma-ti) ni yaratish b-n bog’liq. I.ch.v.b.da ulgur- Ji savdo-sotiq yuz beradi, resur-slar- ga talabgorlar resurs etkazuvchilar b-n shartnoma asosida ish yuritadi. Resurs bozorining bosh bo’g’ini tovar birjasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositala- rini xarid qiluvchilarga q.h. va sanoat tarmoqlari korxonalari, tog’-kon, oziq- ovqat, kimyo sanoatlari, qurilish, me- belsozlik, transport, aloqa, kommunal xo’jaligi, maishiy xizmat va b. sohalar korxonalari kiradi.