ISHPECH

ISHPECH (ish va forscha, pech — asbob, vosita suzidan) — kashtaduzlikda chevarlarning ish asbobi. O’rtacha kattaligi 25×50 santimetrli uch buklab yig’iladigan to’rtburchak shakldan iborat, yuz tomonining ikki chetki qismiga cho’ntaklar tikiladi, shu cho’ntaklarda chevarning ish uchun kerakli ip, ipak, igna, qaychi va boshqa narsalari saqlanadi. Ishpech yig’ilganda sirtqi tomoniga tikilgan ilmoq va tugmacha bilan qadaladi. Ishpechning turli matolar (ip, ipak, duxoba va boshqalar) dan avra-astarli va ichiga paxta solib qavib tayyorlanadigan xillari bo’ladi. Kashtatikishda Ishpech tizzaga qo’yiladi va bezatilayotgan buyum unga igna bilan mustahkamlanadi. Ish xaltasi deb ham ataladi.