ISKANDARKO’L EKSPEDISIYALARI

ISKANDARKO’L EKSPEDISIYALARI (1870, 1875) — Zarafshonning yuqori oqimidagi bekliklarni istilo etish maqsadida podsho Rossiyasi tomoni- dan uyushtirilgan harbiy yurishlar. Bi- rinchi harbiy yurish (1870, apr. — may) dan maqsad podsho Rossiyasi Buxoro Amir- ligining anchagina qismini bosib olgach, amirlik-ka tobe bo’lgan Ko’histon, ya’ni Hisor, Ko’lob, Baljuvon bekliklari va Qo-rategin, Darvoz shohliklari hamda Zarafshonning yuqori oqimidagi yarim mustaqil Mog’iyon, fon, Kishtut, Fal-g’ar, Mastchoh, Yag’nob mulklarini bosib olish va Iskandarko’l atrofidagi tabiiy boy-liklarni o’rganish edi. Yurishga Zaraf- shon okrugi boshlig’i general Abramov rahbarlik qildi. Ekspedisiya tarkibi- ga geolog D. K. Mishenkov, tabiatshunos olim A.F. Fedchenko, xaritashunos L. N. Sobolev, topograf A. M. Skassi va b. ki- ritilgan. Mastchox/ShK mahalliy aholi ruslarga qattiq qarshilik ko’rsatganiga qaramay, 1-ekspedisiya natijasida za- rafshon daryosining yuqori oqimidagi bekliklar tumanga aylantirilib, Zaraf- shon okrugiga qo’shib olindi, ularning aholisi, geografiyasi va topografiyasi to’g’risida ma’lumotlar to’plandi. Ikkinchi harbiy yurish (1875) Ko’histonda Qalandar miroxo’r boshchi- ligida Puldarak qishlog’ida ko’tarilgan milliy ozodlik harakatini bostirishga qaratildi. Shu maqsadda shtabs-kapitan G. A. Arendarenko boshchiligida 1 Mun- tazam batalon, 10 otliq kazak va 1 tog’ zambaragi yuborildi (8 noyab.). 21 noyab. da esa A. M. Efimovich boshchiligida qo’shimcha harbiy qism etib keldi. Na- tijada ozodlik harakati, asosan, bosti- rildi. Uning bir qism qatnashchilari Yuqori Mastchoh qishlog’iga chekingan- lar. Ularga Qo’qon xonligida yashovchi aholidan yordam kelishi b-n ozodlik harakati ommaviy Tue oldi. General G. A. Arendarenko 1876 y. 13 yanv.da yangi kuch b-n xalq harakatini shafqatsiz ravishda bostirdi. Qalandar miroxo’r qo’lga tu- shirildi, istiqlolchilarning ko’p qismi qirib tashlandi. I.e. natijasida Zaraf- shonning yuqori oqimidagi bekliklar uzil-kesil podsho Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Naim Norqulov.