Iskandarov To’lqin Iskandarovich

Iskandarov To’lqin Iskandarovich (1939.25.4, Toshkent) — gigienist, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), tibbiyot fanlari Doktori (1976), professor (1977). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach (1984). Tosh tini tugatgan (1962). O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1967— 70), mehnat gigienasi bo’limi mudiri (1970-1972), direktor (1980-89, 1995 yildan), toshti kommunal gigiena kafedrasi mudiri (1972-98). O’zbekiston Sog’liqni saqlash vaziri o’rinbosari (1989-95). Issiq iqlim sharoitida paxtachilikda qo’llaniladigan pestisidlar gigienasi va toksikologiyasi ustida tadqiqot olib borib, tashqi muhitni pestisidlar ta’siridan muhofaza qilish va aholi sog’lig’ini saqlash tadbirlarini ishlab chiqdi. As: Qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlar, pestisidlar va bakterial vositalarni ishlatishda ehtiyot choralari, T., 1992; Ekologiya i epidemiologiya virusnogo gepatita «A» v Uzbekistane, T., 1993; Ekologiya i gigiena biologicheskix sredstva zashiti rasteniy, T., 1995; Ekologiya, epidemiologiya i profilaktika xoleri, T., 1995; o’ta xavfli bacterial va virus kasalliklari, T., 1996.