Islom

Islom (arabcha-salomat saqlash, bo’ysunish, itoat etish, o’zini Alloh irodasiga topshirish)-jahonda keng tarqalgan dindan (buddizm va xristianlik bilan bir qator) biri. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha “muslim” (“sadoqatli”; ko’pligi “muslimun”) deb ataladi. Jahonda qariyb 1,2 milliard kishi Islomga e’tiqod qiladi. Islom VII asrda Hijoz (G’arbiy Arabiston)da paydo bo’ldi. Uning asoschisi Muhammaddir. Islomning muqaddas kitobi-Qur’on. Musulmonchilikda bu kitobni Allohning vahiy qilingan so’zi deb tushuniladi. Islom dini 5 “asos” yoki “ustun” (arkon)ga ega: 1) imon; 2) namoz o’qish; 3) ro’za tutish; 4) zakot berish; 5) imkoniyat topilsa haj qilish.