Islomxo’ja

Islomxo’ja (1872-1913.9.8, Xiva) — Xiva xonligining bosh vazi- ri. Xo-razmda jadidchilik harakati o’ng oqimi rahbarlaridan biri. I. Muhammad Rahim II va Asfandiyorxon xukmronligi davrida Xiva xonligi de- legasiyasi tarkibida Sankt-Peterburg va Moskva sh.larida bir necha marta bo’lgan (1907— 12). Ilg’or Evropa ma- daniyatini targ’ib qilgan. Xudoyber- gan Devonovga Xorazmda kino va surat olish ishiga asos solishida homiylik qildi. Uning tashabbusi b-n Xiva va b. shaharlarda Islom-Xo’ja madrasasi va minorasi, Nurulla-boy saroyi, kasalxo- na, elektrostantsiya qurildi, jadid MAK- tablari, hatto rus maktablari ochildi (1908-12). Asfandiyorxon hukmronligi davrida bosh va-zir (1910-13) bo’lib, xonlikning Jan. qismini idora etgan hamda xorijiy davlatlar b-n bo’ladigan aloqalarni boshqargan. Xonlikni idora etishdagi xizmatlari uchun «vaziri AK- bar» unvoni berilgan. 1910 y. u xonlik- da islohot o’tkazish to’g’risidagi farmon- ni ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Sug’orma dehqonchilikka asoslangan xo- razmda dehqonlarning ahvolini engil- latish uchun er solig’ini kamaytirishga harakat qilgan. Yosh xivaliklar partiya- sining asoschisi Polvonniyoz Hoji Yusu- povning yozishicha, taraqqiyparvarlik g’oyalari uchun o’z kuyovi Asfandiyorxon- ning buyrug’i b-n vahshiyona o’ldirilgan. Ad.: Polvonniyoz Hoji Yusupov, Yosh xivaliklar tarixi [xotiralar], O’rganch, 2000; Xorazm tarixi, 1-j., O’rganch, 1997.