Ismatov Asad

Ismatov Asad (1907, Andijon -1953.6.9, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1948). 1924-35 yillar Andijon teatrida, 1936 yildan «O’zbekfilm»da aktyor bo’lib ishlagan. Ayni vaqtda Muqimiy va Hamza nomidagi teatrlarda ham rollar o’ynagan. Andijon teatrida: Ferdinand («makr va muhabbat»), shahar qokimi («Revizor»), Kalaf («Malikai Turandot»); Muqimiy teatrida: Hoji («Nurxon»), Qorabotir («Tohir va Zuhra»); Hamza teatrida: Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy») kabi obrazlar yaratdi. Birinchi o’zbek ovozli filmi «qasam»da Ismatov bosh rol — Azimni o’ynagan. Keyinchalik ekranda yaratgan Umar («Azamat»), Boboxon («Tohir va Zuxra»), Jabbor ota («Farg’ona qizi»), Husayn Boyqaro («Alisher Navoiy»), bobo mehnat («paxtaoy») kabi obrazlari ham o’zbek kinosining zarvaraqlaridan o’rin oldi. Ayniqsa, Husayn Boyqaroning fojiaviy qayoti va taqdiri, ichki ziddiyatlarini tomoshabinga nihoyatda chuqur va ta’sirchan yetkaza olgan. Ismatovning teatr va kinoda namoyon bo’lgan tengsiz iste’dodi jo’shqin ehtiros, psixologik teranlik, chuqur kechinma va tuyg’ular ifodasi aktyorning yuksak mahorati bilan qo’shilib ketgan.