Ismatova Yulduz Asadovna

Ismatova Yulduz Asadovna (1944.31.10, Toshkent) — raqqosa, aktri- sa, baletmeyster, rej. O’zbekistonda xiz- mat ko’r-satgan san’at arbobi (1995). A. Ismatovning qizi. Toshkent xoreografiya bilim yurti (1965)ni hamda Toshkent te- ATR va rassomlik san’ati in-ti aktyorlik (1976), rej.lik (1984) f-tini tugatgan. 1963-88 y.lar Muqimiy teatrida ishla- gan. 1997 y.dan M. Turg’unboeva nomidagi «O’zbekraqs» milliy raqs birlashmasi- ning bosh direktori. Eng yaxshi raqslari: «Tanavor», «Munojot», «Gulchi qiz» va b. Ijro etgan rollari: Qumri («Nurxon»), Malika («oddiy mo»jiza»), Charlston («Hijron»), Zarifa («Xotinimning eri»), ofat («Qaynona») va h. k. Rej. si- fatida «Dilafro’zga to’rt oshiq», «Oltin davrim», «Yulduzlar jamoli» kabilarni sahnalashtirgan. 1988 y. «O’zteleradiokompaniya» qoshida «Tanavor» raqs-ansambli (1997 y.dan raqs-teatri)ni tashkil etdi. «Sev- gi nidosi» (A. Navoiyning «Sab’ai say- yor» asari asosida), «Nodira», «Ulugbek burji», «Qo’qon ayoli» (an’anaviy musiqa va raqslar asosida), «Sevgi vasfi» («ta- navor» janridagi raqslar yig’indisi), «Moziydan nur», «Temuriy malikala- ri», «Uvaysiy» kabi raqs-teatrlarini sahnalashtirdi (libretto muallifi ham o’zi). «Sharq taronalari», Frantsiya — Parij—YUNESKO qarorgohida «Amir Te-Mur» teatrlashgan kontsert dasturi va b.ning bosh baletmeysteri. Lirik jo’shqinlik, doimiy izlanuvchanlik, moziyga ziyraklik b-n murojaat etish, mumtoz asarlarga katta qiziqish va mexr b-n yondashish I. ijodiga xos. «Do’stlik» ordeni b-n taqdirlangan (1998).