Ismoil
Ismoil — Qur’onda nomi zikr etilgan payg’ambarlardan biri. Ibrohim (as)ning o’g’li. Qur’onda u o’z axlini na- moz o’qish, zakot berishga buyurganligi yozilgan. I. Allohning amri bo’yicha o’z otasi b-n Ka’ba ibodatxonasini bunyod etgan. Rivoyatlarda I. Ibrohim(as)ning Hojar ismli cho’risidan tug’ilganligi hikoya qilingan: Ibrohim (as) parvar- digorning amri va Sora (Ibrohimning xotini)ning xohishiga ko’ra Hojarni olib Arabiston (Makka) tomon ketadi. I. o’sha erda tug’iladi, onasi uni yuvish uchun suv qidirib Safo va Marva tepa- liklari oralig’ida etti marta yugurgan (hojilarning bu tepaliklar oralig’ida yugurish odatining kelib chiqishi shu voqea b-n bog’lanadi). Shu payt I. tepin- ganda uning oyog’i ostidan Zamzam bulog’i paydo bo’lgan, undan muqaddas suv oti- lib chiqqan. Islomda Ibrohim (as) I.ni Allohga qurbon qilmoqchi bo’lganligi, lekin shu dam uning o’rniga Qo’chqor yubo- rilganligi rivoyat qilinadi. I. voyaga etgach, shu atrofda yashovchi Jurhum qabi- lasidan bir qizga uylanadi, keyin u b-n ajrashib shu qabilaning boshqa qiziga uylanadi. Xotinlaridan Arab tilini o’rganadi. Arab nasabshunoslariga ko’ra, shim. Arab qabilalarining hammasi I.dan tarqalgan. Rivoyat qili-nishicha, I. alayhissalom 137 y. umr ko’rgan. Arab tarixchilarining fikricha, Makkada va- FOT etgan va Hojar yoniga dafn qilingan.