Ismoiliya
Ismoiliya — Misrning shimoliy sharqidagi shahar, Ismoiliya kanali Timsoh ko’liga quyilgan joyda (bu kul orqali Suvaysh kanali o’tgan). Ismoiliya muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 254, 5 ming kishi (1996). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Shahar aholisining ko’pchiligi kanal ishlarida band. Oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik sanoati, elektrotexnika, radiotexnika korxonalari bor. Ismoiliya yaqinidan qurilish materiallari qazib olinadi. Shahar Suvaysh kanali qazilishi (1859-69) davrida barpo etilgan.