ISMOILOV ESHONQUL

ISMOILOV ESHONQUL (1902.19.1 -G’allaorol tumani — 1990.22.7) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan armiyada. 1943 yildan frontda. 240-gvardiya o’qchi polki (1-Belorussiya fronti 8-gvardiyachi armiyaning 74-gvardiyachi O’qchi diviziyasi)da avtomatchi. Ismoilov 1945 yil Fevralda Polshaning Poznan shahrini ozod etish uchun bo’lgan janglarda jasorat ko’rsatganligi uchun 1945 yil 31 mayda qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Urushdan keyin jamoa xo’jaligida Ferma mudiri va rais bo’lib ishlagan. O’zi ishlagan jamoa xo’jaligi va G’allaorol tumanidagi ko’chalardan biri Ismoilov nomi bilan ataladi.