ISMOILOV TURSUNBOY

ISMOILOV TURSUNBOY (1878 – ?) samarqandlik ganchkor usta. Usta me’mor Sa’dulladan birga ishlab hunar o’rgangan. Asosan, suvoqchilik, ganchli bezaklar yaratish bilan shug’ullangan, ganch o’ymakori sifatida Shuhrat qozongan. Samarqanddagi Kalontarov uyi (hozirgi O’zbekiston xalqlari san’ati va madaniyati tarixi muzeyi binosi) ni bezagan (1894). Muqimiy teatri binosi qurilishida, so’ng Navoiy teatri binosini bezashda ishtirok etgan. 1947 yildan Samarqand ta’mirlash ustaxonasida ishlagan.