ISOMOVA YEVGENIYA IVANOVNA

ISOMOVA YEVGENIYA IVANOVNA (1948.28.1, Ignatovo shahri, Mordoviya Respublikasi) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qozon pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970-80 yillarda Tatariston Respublikasi maktablarida ishlagan. 1980 yildan Toshkentdagi 1-pedagogika bilim yurtida direktor o’rinbosari, 1987 yildan Chilonzor tumanidagi 103-maktab direktori. Isomova maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini yuksak darajaga ko’tardi. Uning o’quvchilari turli yillarda Respublika Olimpiadalarida informatika, rus tili va adabiyoti, o’zbek tili va adabiyoti fanlari bo’yicha 1-o’rinni egallashgan.