ISOQJONOV MUHAMMADJON SALIMOVICH

ISOQJONOV MUHAMMADJON SALIMOVICH (1942.15.3, Yangiqo’rg’on shaharchasi) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1994). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1964). 1964 yildan Yangi-qo’rg’on shaharchasidagi 10-maktab kimyo-biologiya o’qituvchisi, 1994 yildan Yangiqo’rg’on tumanidagi A. Xolmatov nomidagi litseyda kimyo fani o’qituvchisi. U o’z ish faoliyati davomida kimyo xonasini namunali jihozlagan, bir qancha ko’rgazmali qurollar tayyorlagan. Uning «Metallarning elektrokimyoviy qatori va uni ishlatish jadvali» mamlakatimizdagi barcha maktablarda ko’rgazmali qurol vositasi sifatida foydalanib kelinmoqda.