ISOQOVA SHAROFAT JABBOROVNA

ISOQOVA SHAROFAT JABBOROVNA (1948.1.5, Guliston tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1971). 1971 yildan Guliston tumanidagi 5-, 1-, 1980 yildan 14-maktabda kimyo-biologiya o’qituvchisi. U o’z faoliyati davrida bir qancha gerbariy va albomlar tayyorladi, zamon talabiga mos kimyo xonasini tashkil etdi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar yordamida o’tadi.