ISOXO’JAYEV RAHIM

ISOXO’JAYEV RAHIM (1917.15.10 -Toshkent — 2001.2.12) — sozanda (doira). O’zbekiston xalq artisti (1969). Usta olim Komilovning shogirdi. 1933-36 yillarda Qoraqalpoq musiqali drama teatrida, 1938-77 yillarda O’zbek davlat musiqali (keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet) teatrida sozanda. Mazkur teatrlarning spektakllaridagi bir qancha milliy raqslarni sahnalashtirishda faol qatnashgan. Isoxo’jayev «Pilla raqsi», «Gulsara», «zang», «larzon», «tantana», «katta o’yin», «shodiyona» va boshqa usullarni mahorat bilan ijro etgan. Ko’pgina chet mamlakatlarda gastrolda bo’lgan.