ISPAYSOY

ISPAYSOY — Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi soy. Piskom daryosining chap irmogi. Piskom tizmasining shim-g’arbiy yon bag’ridan (2400 metr balandlikdan) boshlanadi. Uzunligi 13 kilometr, suv to’plash maydoni 73 kilometr kvadrat. Toldarsoy irmog’ining quyilish joyiga qadar Ispaysoy kengligi 15-40 metr, qirg’oqlari baland va tik, dara shaklidagi vodiyda oqadi. O’rtacha suv sarfi 2,4 m3/sek, o’rtacha oqim moduli 33 l/sek km2. Martdan suvi ko’paya boshlaydi, eng katta suv sarfi may — iyunda kuzatiladi. Kuz — qishda suvi kamayadi. Ispaysoydan qisman Ispay qishlog’i suv ichadi.