Isroil podsholigi
Isroil podsholigi – shimoliy Falastinda miloddan avvalgi taxminan 928-722 yillarda mavjud bo’lgan davlat. Isroil-Yahudiya podshoxligi parchalanib ketgach, rivoyatlarga ko’ra, 12 ta Isroil- yahudiy qabilasidan 10 tasining birlashtirilishi natijasida tashkil topgan. Poytaxtlari: Sixem (hozirgi Nablus), 876 yildan keyin — Samariya. Ossuriya podshosi Sargon II tomonidan bosib olingan.