Iss

Iss — Kilikiya (kichik Osiyo yarim oroli) dagi qad. shahar. Miloddan avvalgi 333 yil kuzida makedoniyalik Aleksandr armiyasi (30— 40 ming kishi) forslar podshosi Doro III qo’shini (120-130 ming kishi) ustidan Iss yaqinida g’alaba qozongan. Jang taqdirini makedon falangasining fors qo’shinining so’l qanotiga va forslarning markazida turgan yunon yollanma askarlariga bergan shiddatli zarbasi hal qilgan. Makedon piyodalarining harakati og’ir qurollangan otliq qo’shin tomonidan faol sur’atda quvvatlab turilgan. Bu zarbadan so’ng Doro jang maydonidan qochgan. Iss yaqinidagi g’alabadan so’ng Aleksandr Egey dengizi va Axomaniylar podsholigining g’arbiy qismida hukmronlikni o’z qo’liga oldi. Iss jangi: Aleksandr Doro III bilan jangda.