Issiqko’l soyligi

Issiqko’l soyligi – Tyan-shan dagi soylik (Qirg’izistonda). Issiqko’l soyligini shimolda kungay Olatov tizmasi (balandligi 4771 metrgacha), Janubda Terskay Olatov tizmasi (balandligi 5216 metrgacha) o’rab turadi. Tubini Issiqko’l (dengiz sathidan 1608 metr) egallagan. Issiqko’l soyligi kenglik bo’ylab cho’zilgan. Uzunligi 240 kilometr, eni 90 kilometrgacha. Tez-tez zilzila bo’lib turadi. Issiqko’l tubida va sohillarida qad. ko’l terrasalari (balandligi 35-40 metr) bor. Ko’lga tog’dan 50 dan ortiq daryo oqib keladi. Issiqko’l soyligi g’arbiy qismining iqlimi quruq (yillik yog’in 200 metrdan kam), cho’l va chala cho’l landshaftiga ega; sharqi dasht (yiliga 500 mm, tog’larda 800 mm yog’in yog’adi). Tog’yon bag’irlarida Tyanshan qoraqarag’ayi, undan yuqorida subalp va Alp tog’ o’tloqlari, 3500 metrdan yuqorida qor va muzliklar bor. Sharqida toshko’mir koni (Jirg’alan), Janubi sharqida qaynoq mineral buloqlar va kurortlar (Jetio’g’uz, Oqsuv), Issiqko’l qirg’oqlarida Cho’lponota, tamg’a kurortlari mavjud. Issiqko’l soyligi Qirg’izistonning muhim g’allakorlik va chorvachilik rayoni.