Issiqlik nurlanish

Issiqlik nurlanish, temperaturaviy nurlanish — jismning ichki energiyasi hisobiga chiqariladigan elektromagnit nurlanish. Masalan, cho’g’langan metallar sirtidan, yer atmosferasi va boshqalardan issiqlik nurlanadi. Issiqlik nurlanish moddaning mikroskopik jarayoniga, uning mutlaq temperturasi va optik xossalariga bog’liq. Issiqlik nurlanishning asosiy tavsiyalaridan biri — jismning nurlanish qobiliyati; u Issiqlik nurlanish paytida jism yorituvchanligining spektr zichligiga teng. Qizigan jism bilan termodinamik muvozanatda bo’lgan Issiqlik nurlanish uchun Kirxgof nurlanish qonuni, mutlaq qora jism uchun Plank nurlanish qonuni, Stefan— Bolsman nurlanish qonuni va boshqalar bajariladi.