Ist-Texas neft koni
Ist-Texas neft koni (East Texas) — dunyodagi eng yirik neft konlaridan biri. AQShning Texas shtatida joylashgan. Meksika qo’ltig’i neft-gazli havzasiga mansub. 1930 y.da ochilib ishga tushirilgan. Neftning dastlabki sanoat zaxirasi 850 mln. t bo’lgan. Kon Sabin tepaligining g’arbiy yon bag’rida joylashgan. Neft-gazning to’plangan maydoni 567 km2. Sa-marador qumtoshlarning o’rtacha kalinligi 11,4 m, neftlilik kavati 70 m. Kollektorning o’rtacha g’ovakliligi 25%, o’tkazuvchanligi 2,5 darsigacha. Neftning zichligi 830 kg/m3, qovushqoqligi 0,93 MPa, oltin- gugurtning miqdori 0,32%. Har yili 7 mln. t ga yaqin neft kazib olinadi, jami 690 mln. t (1984) neft olingan. Asosiy neft olinadigan joy shim. uchastka hisoblanadi. AQShning shim. va shim,Sharqiy r-nlariga 2000 km uzunlik- da neft quvurlari o’tkazilgan.