Istanbul

Istanbul (Yun. Konstantinopol) — Turkiyadagi eng katta shahar, istan- bul elining ma’muriy markazi. Aholisi 7,6 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). I. Marmardengizi va Bosfor bo’g’ozining tsast-baland sohillarida joylashgan. Bo’g’oz shaharni ikkiga — Osiyo (kichikroq qismi) va Evropa qismiga bo’lib tura- Di. Evropa qismi Oltin Shox qo’ltig’i sohillarida joylashgan. 1970-72 y.larda Bosfor bo’toziga I. ning har ik- kala qismini birlashtiradigan ko’prik qurilgan. Iqlimi subtropik o’rta dengiz ikdi- mi, yanv.ning o’rtacha t-rasi 5,2°, avg. niki 23,6°, o’rtacha yillik yog’in 633 mm. I. ga mil. AV. 660 y. da Vizantii sh. sifatida asos solingan. 330 y. dan Rim imperatori Konstantin nomi b-n atal- gan. 395 y. gacha Rim imperiyasi tarki-bi- da, 395-1453 y.lar Vizantiya poytaxti. 1453 y. da I. turklar tasarrufiga o’tgan va Usmonli turklar saltanatining poy- taxtiga aylantirilgan; o’sha vaqtdan shahar I. deb atala boshladi. Usmonli turklar saltanatining kuchsizlangani- dan foydalanib, 18-a. oxiridan Evropa davlatlari shaharni va bo’g’ozlarnivbosib olishga harakat qilib keldilar. Turkiya- ning 1-jahon urushida harbiy qudrati kamaygach, I. ni Antanta davlatlarining qurolli kuchlari bosib oldi. 1923 y. da shahar bosqinchilardan ozod qilindi va o’sha yilning okt. da Turkiya poytaxti I. dan Anqaraga ko’chirildi. Shahar qulay geografik o’rinda joy- lashgan. I. — mamlakatning muhim sa- noat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Mamlakat sanoatining 60% i I. da joy- lashgan. To’qimachilik, oziq-ovqat, me- tallsozlik, yog’ochsozlik, elektrotexnika, kimyo, mashinasozlik, tsement, ko’n poyab- zal, tikuvchilik, harbiy va b. sanoat kor- xonalari, milliy va’chet el savdo firma- lari, kompaniyalar, banklar, birjalar bor. Hunarmandchilik (yog’och, metall, te- ridan turli bu-yumlar yasaladi) rivoj- langan. Turkiyadagi barcha savdo opera- tsiyalarining yarmi I. ga to’g’ri keladi. I. — dengiz, kuruklik va havo yo’llarining tuguni. Turkiyaning asosiy porti. Bu erdan xalqaro kema yo’llari o’tgan. T. y. orkali Evropadagi ko’pgina poytaxt shaharlar va mamlakatning ichki r-nlari b-n bog’langan. Bosfor bo’g’ozi orqali I. ning har ikki tomoniga yo’lovchilar ta- shuvchi kemalar va yuk paromlari o’tib tu- radi. Xalqaro aeroport bor. Shaharni, ayniqsa, uning qad. kis- mini 500 ga yaqin masjid, shuningdek, ibodatxonalar, saroylar, favvoralar va o’rta asrlarda qurilgan hamda yangi davr- ga oid me’moriy inshootlar (mudofaa de- vorlari, Ippodrom, saroylar, Ayo Sofiya ibodatxonasi, o’rta asr masjidlari va 15-16-a. saroy binolari) bezab turadi. Shaharga turistlar ko’p keladi. 3 ta un-t, in-tlar, badiiy akademiya, Iqtisodiyot va savdo akade-miyasi, muzeylar, kutubxona, opera va b. teatrlar bor.